O‘zbekiston | 08:50 / 12.10.2024
6125
2 daqiqa o‘qiladi

«2025 yilda energotariflar islohotining asosiy bosqichi yakunlanadi» - bosh vazir o‘rinbosari

2025 yilda elektr energiyasi va gaz tariflari islohotining asosiy bosqichini yakunlash rejalashtirilmoqda, dedi O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov. 

Foto: PMGF / RuTube

O‘zbekistonda elektr energiyasi va gaz tariflari islohotining asosiy bosqichi 2025 yilda yakunlanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov 10 oktyabr kuni Peterburg xalqaro gaz forumida gapirdi.

Jamshid Qo‘chqorovning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’ati 6 foizdan oshgan. O‘zbekiston iqtisodiyoti «ko‘p energiya» iste’mol qiladi, yalpi ichki mahsulotga nisbatan xarajatlar esa «bizda boshqa MDH mamlakatlaridagidan ko‘ra ko‘proq».

«Aholi ham oshib bormoqda. Va, albatta, gazga bo‘lgan talab ham ortib bormoqda. Lekin, shu bilan birga, tanganing boshqa tomoni ham bor. Bu O‘zbekiston iqtisodiyoting energiya sarfi yuqori ekanidir. Va, ayniqsa, eski korxonalar, jumladan, gazda ishlovchi elektrostansiyalar, albatta, juda energiya tejamkor emas. Shu sababli, bir tomondan, ehtiyoj ortib bormoqda, ikkinchi tomondan, biz butun iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish ustida ishlayapmiz», — dedi Iqtisodiyot va moliya vazirligi rahbari.

Bosh vazir o‘rinbosarining fikricha, elektr energiyasini tejash va energosamarador bo‘lish haqidagi odatiy chaqiriq «ish bermayapti», shuning uchun 2023 yilda mamlakatda energiya tariflarini isloh qilish boshlandi.

«Xudo xohlasa, kelgusi yilda tarif islohotining asosiy bosqichi yakunlanadi. Bu, albatta, aholi ham, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar ham energiya resurslaridan ratsional foydalanishiga xizmat qiladi», — dedi u.

Mavzuga oid