O‘zbekiston | 18:20 / 31.12.2016
16024
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda 100 ga yaqin ko‘p qavatli uy-joylar quriladi

Foto: O‘zA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 13 dekabrdagi “2017-2019 yillar davrida Namangan shahrining yo‘l-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘risida”gi 404-sonli qarori asosida Namangan shahrida 82 ta ko‘p qavatli uy-joylar quriladi. Bu haqda Namangan shahri hokimligi axborot xizmati xabar berdi.   

Jumladan, shaharning Uychi ko‘chasida 45 ta, Xamrox ko‘chasida 13 ta, Marg‘ilon ko‘chasida 24 ta ko‘p qavatli, birinchi qavati savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish do‘konlariga ega bo‘lgan turar-joy binolari hamda ijtimoiy soha muassasalari qurish rejalashtirilgan. 

Yo‘lning ikki tomoniga esa zamonaviy dekorativ daraxtlar ekiladi. Zamonaviy yoritish nuqtalari yo‘lning o‘rta qismiga joylashadi. Zamonaviy bekatlar barpo etiladi. Hududlardagi mavjud barcha ijtimoiy soha muassasalari kapital ta'mirlanadi.

Qarorga muvofiq 5 ta ko‘cha yo‘llarini mukammal ta'mirlash bilan birgalikda, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini suv ta'minoti, kanalizatsiya, elektr ta'minoti, gaz ta'minoti va telekommunikatsiyalar tizimlarini rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid