Jahon | 00:25 / 11.12.2017
13573
1 daqiqa o‘qiladi

Iroqda g‘alaba paradi bo‘lib o‘tdi

Foto: Getty Images

10 dekabrda Iroq poytaxti Bag‘dodda IShID jangarilari ustidan qozonilgan g‘alaba sharafiga harbiy parad bo‘lib o‘tdi. Paradda harbiylar va politsiyachilar hamda aviatsiya ishtirok etdi. Qo‘shinlar markaziy maydon bo‘ylab yurib o‘tishdi.

Paradni Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy qabul qildi. Uning qaroriga ko‘ra, 10 dekabr endi Iroqda har yili milliy bayram sifatida nishonlanadi.

Bundan avvalroq al-Obodiy Iroqda IShIDga qarshi urush g‘alaba bilan yakunlanganini e'lon qilgandi. Terrorchilar nazoratida qolgan sanoqli hududlar cho‘llarda joylashgan.   

 

IShID Iroqqa 2014 yilda kirib borgan. O‘shanda jangarilar ko‘plab shaharlarni, jumladan Iroqning yirikligi bo‘yicha ikkinchi shahri Mo‘sulni bosib olgan. Mo‘sul uzoq davom etgan hujumdan keyin 2017 yilda ozod qilingan.

Mavzuga oid