Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
Joriy hafta yakunida respublikamizning katta qismiga uzoq kutilgan tungi salqinlik va me’yordan biroz past harorat to‘lqini kirib kelishi prognoz qilinmoqda. Hammani charchatishga ulgurgan tinimsiz jazirama chekinadi. Kun.uz'da ob-havo prognozi bilan – iqlimshunos Erkin Abdulahatov.
Iyul oyi o‘rtalaridan boshlab, davomli issiqlik to‘lqinlaridan toliqqan aholi kelayotgan dam olish kunlari Qozog‘iston shimolida shakllangan sovuq antitsiklonning bir chekasining ta’siriga tushib, tungi salqinlik va kunduzgi odatiy yoz issiqlikdan 1-2 daraja past haroratni o‘z tanasida his eta boshlaydi.
Mazkur tendensiya kelayotgan hafta ob-havosini ham belgilovchi asosiy sinoptik jarayon bo‘ladi. Faqatgina hafta boshida shimol hududlaridagina jaziramaga duch kelinadi.
18-23 iyul kunlari kuzatilgan issiqlik namgarchilikning biroz ko‘p bo‘lishi bilan belgilandi, tun va tongda haroratning odatdagidan ko‘ra yuqori bo‘lgani garchi qishloq xo‘jaligiga katta stresslar keltirmagan bo‘lsa-da, insonlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi, kishilar fiziologiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Mavzuga oid
23:19 / 09.12.2025
Barakali yomg‘irlar davomli bo‘ladi
16:46 / 01.12.2025
Ayrim daraxtlar gullay boshladi. Endi nima bo‘ladi?
09:09 / 28.11.2025
“Farmonning ijrosini qilsak, muammoni birmuncha kamaytiramiz” – iqlimshunos
17:34 / 26.11.2025