Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ilk diniy-ma'rifiy onlayn-radio ish boshladi
Bugun, 6 dekabr kuni internet to‘lqinlarida Azon FM onlayn-radiosi o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda Azon.uz portali xodimi G‘ayratxo‘ja Saydaliyev KUN.UZ’ga xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, efir davomida Qur'on tilovati, o‘zbekistonlik mashhur ulamolar bilan suhbatlar, diniy-ma'rifiy masalalar bo‘yicha eshittirishlar, savollarga javoblar, shuningdek, O‘zbekistonning taniqli shoir va yozuvchilarining ijod namunalaridan ham berib borilish ko‘zda tutilgan.
“Onlayn radioimiz bir kunda 24 soat faoliyat ko‘rsatadi va kuniga uch marta yangilab turiladi. Dam olish kunlarisiz faoliyat ko‘rsatishni rejalashtirganmiz.
Azon FM radiosi hozircha faqat Tas-IX'da faoliyat ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
22:21 / 01.09.2025
Janubiy Koreya 15 yilda birinchi marta KXDR aholisi uchun targ‘ibot radiosini to‘xtatdi
23:31 / 22.02.2023
YouTube shaxsiy radiostansiya yaratish imkonini beradi
09:50 / 02.03.2022
«Exo Moskvi» radiosi efirdan uzib qo‘yildi
18:40 / 11.02.2018