Jamiyat | 11:26 / 02.06.2018
15422
1 daqiqa o‘qiladi

“Muslim TV” internet telekanali ish boshladi

Foto: muslim.uz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan muborak Ramazon oyida “Muslim TV” internet telekanali faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda O‘MI Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

“Muslim TV” internet telekanali “ITV.UZ” interaktiv televideniyesi bilan hamkorlikda ish boshladi. Endilikda itv.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan holda “Muslim TV” internet telekanalida O‘MI tomonidan tayyorlangan ko‘rsatuvlarni tomosha qilish mumkin.

Ma'lumotlarga ko‘ra, mobil qurilmalarda itv.uz mobil ilovasini ko‘chirib olgan holda telekanal ko‘rsatuvlarini kuzatish imkoniyati mavjud.