O‘zbekiston | 20:25 / 06.09.2016
11661
2 daqiqa o‘qiladi

Dreamliner havo kemasi respublika shaharlari bo‘ylab parvozlarni amalga oshira boshladi

2016 yilning 5 sentabridan boshlab Boeing-787 Dreamliner samolyoti respublika shaharlari bo‘ylab muntazam reyslarni amalga oshira boshladi. Bu haqida kompaniya saytida ma'lum qilindi. 

Hozirda layner parvoz qilayotgan shaharlar – Toshkent, Buxoro, Navoiy, Urganch va Nukus. Poytaxtdan Buxoroga ikki tomonlama chiptalar narxi  446 644 so‘mni tashkil qiladi, Urganchga esa – 640 000 so‘m. Shunday bo‘lsa-da MAK tashish bahosi o‘zgarishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Parvozlar bilan bog‘liq ma'lumotlar va jadvalni kompaniya saytida ko‘rishingiz mumkin. Jadvalga har hafta o‘zgarishlar kiritilmoqda. 

Ilk yo‘lovchilar samolyot saloni, keng kreslolar va zamonaviy texnologiyalarni yuqori baholashmoqda. Parvoz davomida mikroiqlim uchun havo namlantiruvchilari mas'uldir. Har bir yo‘lovchi uchun alohida ekran mavjud bo‘lib, ular sayohat vaqtida zerikmasligingizga kafolat beradi. 

Boeing-787 Dreamliner bir vaqtning o‘zida 246 nafar kishini tashishga qodir. Tez orada parvozlar geografiyasi kengaytiriladi – AQSh, Kanada, Osiyo va Afrika mamlakatlari, Avstraliya va Uzoq Sharqqa reyslar rejalashtirilgan. Bu vaqtga kelib, O‘zbekistonga ikkinchi Boeing-787 Dreamliner samolyoti ham yetib keladi.


Qo‘shimcha ma'lumotlarni Milliy aviakompaniya idorasidan olishingiz mumkin. 

 

Mavzuga oid