O‘zbekiston | 14:20 / 24.07.2018
15804
2 daqiqa o‘qiladi

Sooronbay Jeenbekov Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati

Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov bugun, 24 iyul kuni telefon orqali O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmatining xabar berishicha, telefon orqali suhbat chog‘ida Sooronbay Jeenbekov Shavkat Mirziyoyevning professionalligi, boy boshqaruv tajribasi va mavjud muammolarni hal qilishga konstruktiv yondashuvi O‘zbekiston Respublikasining kelgusi ravnaqiga hissa qo‘shishi, shuningdek, uning xalqaro maydondagi obro‘-e'tiborini mustahkamlashga xizmat qilishini ta'kidladi.

«Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissangiz yurtimizda yuksak qadrlanadi», - dedi Sooronbay Jeenbekov telefon orqali suhbat chog‘ida. Uning ishonch bildirishicha, do‘stlik va o‘zaro hurmatga asoslangan qirg‘iz-o‘zbek munosabatlari bundan keyin ham ikki mamlakat o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi. 

Prezident Sooronbay Jeenbekov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevga mustahkamlik sog‘lik va mas'uliyatli davlat faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Mavzuga oid