Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy ta'lim muassasalarini nufuzli xalqaro reytingga kiritish bo‘yicha ishlar kuchaytiriladi
Foto: Xalq so‘zi
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi jahon universitetlari reytingini belgilab beruvchi nufuzli QS kompaniyasi bilan oliy ta'lim muassasalarini xalqaro reytingga kiritish bo‘yicha yaqindan hamkorlik qiladi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining rasmiy telegram kanalida xabar berilishicha, ayni masalalar oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov va QS kompaniyasining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Zoya Zaytseva ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muhokama qilindi.
Muzokaralarda respublikamizdagi oliy ta'lim muassasalarini xalqaro reytingga kirtish bo‘yicha ishlarni tashkil etish va bu borada jahon tajribasini tatbiq etish, QS kompaniyasi bilan o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri o‘rinbosari Uzoqboy Begimqulov va Zoya Zaytseva ishtirokida respublikadagi barcha oliy ta'lim muassasalari uchun videokonferensiya tashkil etilib, xalqaro reyting talablarini bajarish bo‘yicha zarur ma'lumotlar berildi.
Mavzuga oid
07:38 / 27.12.2025
Shaharlar kengayyapti: 2025 yilda eng yirik megapolislar reytingi
07:30 / 24.12.2025
Reyting: internet foydalanuvchilari soni eng ko‘p bo‘lgan 20 ta mamlakat
12:54 / 10.12.2025
Paxta va g‘alla fermerlari uchun reyting joriy etiladi
07:52 / 09.12.2025