Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida qishloq xo‘jaligi dronlari ishlab chiqariladi
Meraque kompaniyasi bilan hamkorlikda Yangiyo‘l tumanidagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hududida aqlli qishloq xo‘jaligi texnikalari va dronlarni mahalliylashtirgan holda ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi
O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida bir nechta yo‘nalishda hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. Shu maqsadda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimi mas’ullari, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlari hamda tuman rahbarlari va klasterlardan iborat delegatsiya Malayziyada xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Tashrif davomida aqlli qishloq xo‘jaligi texnologiyalari va dronlar ishlab chiqarish, sholichilik, baliqchilik, kauchuk yetishtirish, meva-sabzavot va ipak mahsulotlarini eksport qilish kabi yo‘nalishlarda amaliy hamkorlik ishlarini boshlashga kelishib olindi.


Xususan, Meraque kompaniyasi bilan hamkorlikda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish ilmiy-tadqiqot instituti hududida aqlli qishloq xo‘jaligi texnikalari va dronlarni mahalliylashtirgan holda ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Bundan tashqari, Malayziya Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlarini rivojlantirish instituti va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar markazi o‘rtasida imzolangan kelishuv asosida malayziyalik seleksioner olimlar tomonidan yaratilgan sho‘rga va suvsizlikka chidamli, qora, uzun hamda aromatik sholi navlarini O‘zbekistonda tajriba sifatida ekib ko‘paytirish uchun urug‘lar olib kelinadi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda yetishtirilgan «Devzira» sholi urug‘lari Malayziyaga jo‘natiladi.

Malayziya Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi vazirligining Baliqchilik departamenti hamda «O‘zbekbaliqsanoat» uyushmasi hamkorligida O‘zbekistonda Malayziyaning yangi texnologiyalari asosida intensiv baliqchilik, bioflok va krivetka yetishtirish loyihalari yo‘lga qo‘yiladi.
Malayziya Qishloq xo‘jaligi marketing agentligi bilan hamkorlikni rivojlantirish orqali O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavot va ipak mahsulotlarini eksport qilish yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan tashqari, Malayziyaning Jakim tashkiloti bilan hamkorlikda O‘zbekistonlik fermerlar va tadbirkorlar uchun Halol sertifikati olish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
15:32 / 25.12.2025
Ukraina dronlari Tula viloyatidagi zavodga hujum qildi
13:00 / 25.12.2025
Krasnodar o‘lkasida dron zarbasidan keyin neft mahsulotlari yonib ketdi
08:50 / 25.12.2025
Qishloq xo‘jaligi yerlarini ijaraga berish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi
10:31 / 23.12.2025