GM Uzbekistan mashina narxlarini pasaytiradimi? Oydinlik kiritildi
2018 yildan boshlab, GM Uzbekistan AJ yengil avtomobillariga aksiz solig‘i stavkasi 5 foizni tashkil etishi haqida xabar qilingandi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu xabar katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Kun.uz muxbiri yangilik ortidan paydo bo‘lgan savollarga javob izlash uchun mutasaddi vakillar bilan bog‘landi.
Mashina aksiz solig‘i stavkasi bungacha qancha edi?
O‘tgan 2017 yil boshida GM Uzbekistan AJ yengil avtomobillariga aksiz solig‘i stavkasi 29 foizga teng bo‘lgan. Shundan keyin, yilning yozida esa stavka 27 foizgacha tushirilgan, ya'ni aksiz solig‘i 2 foizga kamaytirildi. Ayni paytda uning miqdori 5,4 barobarga kamaytirilib, 5 foiz etib belgilangan. Bu haqda «O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari to‘g‘risida»gi qarorda ma'lum qilingandi.
Mashina aksiz solig‘ining pasaytirilishi ishlab chiqarish narxiga ta'sir o‘tkazadimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lgan savol ham ayni shudir. Ya'ni, GM Uzbekistan AJ yengil avtomobillariga aksiz solig‘i stavkasi 27 foizdan 5 foizga tushirilishi yangi ishlab chiqariladigan avtomobil narxiga ham ta'sir o‘tkazishi mumkinmi? Kun.uz muxbiri mutasaddi vakillar bilan suhbatlashib, barcha axborotlarni tahlil qilgach, shunday xulosa paydo bo‘ldi: aksiz solig‘ining tushirilishi mashina narxiga ta'sir o‘tkazmaydi. Soddaroq qilib aytganda, GM Uzbekistan AJ yengil avtomobillariga aksiz solig‘i stavkasining pasaytirilishi bilan jamiyat tomonidan ishlab chiqarilishi nazarda tutilgan avtomobil narxi pasaymaydi.
Mashina aksiz solig‘ini pasaytirishdan maqsad nima?
2017 yil sentabr oyi ilk kunlaridan boshlab, O‘zbekistonda xorijiy valyuta mablag‘larini liberallashuvi jarayoni boshlangan va hozirgacha davom etmoqda. Har bir sohada kuzatilgani kabi, GM Uzbekistan AJ mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun chet eldan keltirilishi zarur bo‘lgan ehtiyot qismlari, xom-ashyo vositalarining narx siyosatida xorijiy valyutaning so‘mga nisbatan qiymatiga qarab o‘zgarib turadi. Taassufki, yengil avtomobil aksiz solig‘i 5 foiz etib belgilanishi valyuta liberallashuvi jarayonida milliy mashinasozlik korxonasini ziyonsiz saqlab qolish uchun qaratilgan chora-tadbirlardan biri hisoblanadi. Ayni paytda, ishlab chiqarilishi nazarda tutilgan yengil avtomobillarning yangilangan narxi oshirilmasdan, ularning aksiz solig‘i pasaytirilgan.
Havola etilgan ma'lumotlar rasman GM Uzbekistan AJ tomonidan tasdiqlanishi yoki e'lon qilinishi kutilmoqda.
GM Uzbekistan yengil avtomobillari uchun aksiz solig‘i pasaytirildi
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroilda o‘rmon yong‘inlari avj oldi. Qator aholi punktlari evakuatsiya qilindi, asosiy magistral yo‘l yopildi - fotolar
Jahon | 23:44 / 30.04.2025
-
Qozog‘iston investorlar uchun yangi «oltin vizalar»ni joriy etmoqda
Jahon | 23:15 / 30.04.2025
-
Toshkentda to‘rtta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Jamiyat | 22:33 / 30.04.2025
-
Eronda Isroil foydasiga josuslik qilishda ayblangan shaxs qatl etildi
Jahon | 22:31 / 30.04.2025
Mavzuga oid

12:54 / 05.10.2024
Hindistonlik erkak noodatiy avtomobillar kolleksiyasi bilan Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

17:58 / 01.09.2023
Santa Fe’dan Traverse’gacha - dunyo avtomobil bozorida taqdim etilgan so‘nggi krossoverlar

19:24 / 15.08.2023
Import avtomobillarning faqat rasmiy dilerlar tomonidan sotilishi talabi bekor qilindi

19:06 / 28.07.2023