O‘zbekiston | 07:57 / 05.06.2021
9113
1 daqiqa o‘qiladi

66ta davlat unitar korxonasi davlat muassasasi sifatida qayta tashkil etiladi

"Davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatini qayta tashkil etish va tugatish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan 66ta davlat unitar korxonasi davlat muassasasi sifatida, 73ta davlat unitar korxonasi filial sifatida qayta tashkil etiladi.

Shuningdek, istiqbolsiz, faoliyat ko‘rsatmayotgan, zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli 454ta korxona belgilangan tartibda tugatiladi.

2022 yildan har yili 1 noyabrga qadar korxonalarda davlat ulushini saqlash tanqidiy ko‘rib chiqiladi va ularni sotish, tugatish yoki qayta tashkil etish bo‘yicha hukumatga takliflar kiritiladi.

Mavzuga oid