O‘zbekiston | 18:43 / 12.12.2022
19477
3 daqiqa o‘qiladi

Yaylov kamayib, bori degradatsiya hisobiga yo‘qolib ketmoqda. Yaylovlar kelajagi bo‘yicha mas’ullardan izoh so‘raldi

Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi mas’ullaridan aholi chorvasi uchun yaylovlar yetishmayotgani bo‘yicha izoh so‘raldi.

12 dekabr kuni Milliy matbuot markazida Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi mas’ullari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Kun.uz muxbiri tomonidan yaylovlar fermer xo‘jaliklari va klasterlar hisobiga o‘tib ketishi natijasida mamlakat chorvasining 90 foizga yaqin qismini yetishtiruvchi aholi xonadonlaridagi chorva uchun joy muammosi yuzaga kelayotgani, buning oqibatida go‘sht va sut mahsulotlari narxi oshib borishi, shuningdek, yaylovlar degradatsiyasi oshib borayotgani haqida savol bilan murojaat qilindi.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Yaylov yerlari degradatsiyaga uchrashi ko‘rsatkichi oshib borayotgani haqidagi savolga uyushma boshqarma boshlig‘i Akobir Abbosov javob berdi. Unga ko‘ra, hozirda Buxoro viloyatidagi Ozuqa, cho‘l va yaylov o‘simliklari urug‘chiligi ilmiy ishlab chiqarish markazida degradatsiyaga uchragan yerlarga ekishga mo‘ljallangan urug‘ yetishtirish faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

“Bugungi kunda bu markazdagi 8 ming 400 gektar yerda birlamchi urug‘chilik maydonlari yo‘lga qo‘yilgan. Biz hozir xorijiy mablag‘lar hisobidan bu maydonlarni ko‘paytirish ustida ishlayapmiz. Ular degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklash uchun xizmat qiladi”, – dedi u.

Shundan so‘ng sayt muxbiri Ilyos Safarov Abbosov bergan javobdan qoniqmagani va unga to‘ldirish berishni so‘radi. Javobni uyushma raisi o‘rinbosari Azamat Hamrayev to‘ldirdi.

“Madaniy yaylovlar shunday narsaki, u yerda urug‘lar madaniy plantatsiya qilib ekiladi. Bu urug‘lar 3 yildan 5 yilgacha muddatda yetishtiriladi. Biz shundan so‘nggina uni madaniy yaylovzor tashkil qilishga yuboramiz. Bu ishlar bizda 2018 yilda boshlangan. Biz kelasi yildan boshlab madaniy yaylovlar tashkil qilishni boshlaymiz.

Kelgusi yildan urug‘chilik maydonlarimizni 15 ming gektarga yetkazishimiz kerak. Shundan so‘nggina yetarli urug‘ bilan ta’minlaymiz. Bu juda katta mablag‘ talab qiladigan jarayon.

Hozir aholi yashash joylari atrofidagi yaylovlarga yuklama ko‘payib ketishi oqibatida yaylovlar degradatsiyasi kuchayib bormoqda. Biz aholiga uyi oldidan uzoqroq joyni tavsiya qilsak, aholi chorvasini u yerga olib bormaydi. Muammo kelib chiqayotgan qismi shu yerda.

Yaylovlardan mavsumiy foydalanish degan narsa bor. Aholi bilan buni tartibga keltirish qiyin bo‘layotgani hisobiga bu masala yechimini topmagan. Yaylovlarni tiklash masalasi emas, bu hammasi urug‘chilik bilan. Bu masala bizda boshlangan va uni davom ettiryapmiz”, – dedi Azamat Hamrayev.

Mavzuga oid