Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avgust oyining so‘nggi kunlarida Samarqandda «Sharq taronalari» musiqiy festivali o‘tkaziladi
Foto: O‘zA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra Samarqand shahrida XII «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivalini 2019 yilning 26–30 avgust kunlari o‘tkazish to‘g‘risidagi taklif ma'qullangan.
Festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita tarkibi tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ikki hafta muddatda Festivalni o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi yuklatilmoqda.
Festival doirasida «Sharq xalqlari an'anaviy musiqa san'atini rivojlantirish istiqbollari» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi, unda xorijlik va mahalliy taniqli musiqashunos olim va mutaxassislar hamda tadqiqotchilarning o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etishlari ta'minlanadi.
Mavzuga oid
12:13 / 07.01.2026
Mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha yangi tartib belgilandi
11:32 / 07.01.2026
Kriminogen mahallalarga rahbarlar nomma-nom biriktiriladi
14:47 / 30.12.2025
2026 yil budjeti ijrosi bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlandi
11:10 / 30.12.2025