Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gilamlar tayyorlash va eksport qilish davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi
Prezident tomonidan respublikada qo‘lda to‘qilgan gilamchilik sohasini rivojlantirishga oid hujjat imzolandi.
Avvalo, fermerlar yaylovlar bilan ta'minlanadi. Yaqin ikki oy ichida «merinos» zotli qo‘y va «angor» zotli echkilarni yetishtirish xo‘jaliklariga Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan 3 ming gektardan, Jizzax, Samarqand, Toshkent viloyatlaridan 2 ming gektardan, Namangan viloyatidan 1 ming gektar yer maydonlari ajratiladi. Yil oxiriga qadar tog‘oldi yaylovlar uchun qurg‘oqchilikka chidamli ozuqa ekinlari birlamchi urug‘chiligi tashkil etiladi, deb yozmoqda Norma.
2021 yil 1 yanvardan chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga subsidiyalar ajratiladi. Qo‘lda gilam to‘qishga ixtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga sotilgan har bir kilogramm qo‘y va echkilarning juni uchun 2 000 so‘mdan to‘lanadi. Budjet mablag‘lari hisobiga subsidiyalar berish «O‘zbekchorvanasl» agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Qo‘y va echkilarni yaylovlarga haydab boqish, junni qayta ishlash, bo‘yash va qo‘lda gilam to‘qish bo‘yicha loyihalar tashabbuskorlariga, istisno tariqasida, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan bir vaqtning o‘zida kompensatsiya bilan birgalikda kafillik ham beriladi.
Bevosita gilamlarni tayyorlash va realizatsiya qilish bo‘yicha:
birinchidan, «O‘zbekipaksanoat» uyushmasi tarkibidagi qo‘lda gilam to‘qishga ixtisoslashgan tashkilotlar va hunarmandlar Xalq banki, Mikrokreditbank yoki Agrobankdan imtiyozli – MBning qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan stavka bo‘yicha 18 oyga, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan foiz stavkasining ¼ qismi qoplangan holda 250 BHMgacha summada kredit olishlari mumkin;
ikkinchidan, 2020 yil 15 iyuldan boshlab «O‘zbekipaksanoati» uyushmasi tarkibidagi qo‘lda gilam va ipak mato to‘qish bilan shug‘ullanuvchilarga Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har bir gilam va ipak mato to‘qish dastgohi uchun 10 BHM subsidiyalar ajratiladi. Qo‘shimcha sharti – uchtadan kam bo‘lmagan ish o‘rni yaratish;
uchinchidan, quyidagilarni eksport qilish bo‘yicha transport xarajatlari 50 foizigacha miqdorda kompensatsiya qilinadi:
a) tugunli gilamlar va boshqa polga to‘shaladigan to‘qima qoplamalar, tayyor va tayyor bo‘lmaganlari:
tarkibida 10 foizdan ortiq shoyi iplar yoki ipak chiqitlaridan yigirilgan iplar bo‘lgan, tarandilardan tashqari (TIF TN kodi 5701 10 100 0);
ipak iplardan, ipak chiqitlaridan yigirilgan iplardan, tarandilardan tashqari, sun'iy iplardan, 5605-tovar pozitsiyadagi iplardan yoki tarkibida metall iplar bo‘lgan to‘qimachilik materiallaridan (5701 90 100 0);
b) boshqa to‘qilgan gilamlar va boshqa to‘qima to‘shamalar, taftingli yoki flokirlanmagan, tayyor va tayyor emaslari), shu jumladan «kilim», «sumax», «kermani» va boshqa shunga o‘xshash jundan yoki hayvonlarning ingichka qilidan qo‘lda to‘qilgan gilamlar (5702 41 900 0);
v) jundan yoki hayvonlarning ingichka qilidan tayyorlangan gilamlar va boshqa to‘qima tafting to‘shamalar, tayyor va tayyor emaslari) (5703 10 000 0).
Sohada quyidagilar ommalashtiriladi:
2021 yildan boshlab Toshkent shahrida qo‘lda to‘qilgan gilamlar xalqaro festivali biyennal formatida oktabr oyida o‘tkaziladi. Qo‘lda to‘qilgan gilamlar san'ati rivojlangan Eron, Turkiya, Gruziya, Hindiston va Pokiston kabi davlatlardan vakillar jalb etiladi;
Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutining bo‘sh turgan yer maydonida qo‘lda to‘qilgan gilamlar savdo-ko‘rgazma uyi ochiladi. Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz shaharlaridagi turistik obektlarda shunday gilamlar rastalari (do‘konlari) tashkil etiladi;
gilam tarixi haqida mobil ilovalar ishlab chiqiladi, ulardan QR-kodlar bo‘yicha har bir gilamning to‘qilishi jarayoni, chevar xotin-qizlar va ularning ishlash sharoiti hamda shu kabi ma'lumotlarni bilib olish mumkin.
Tashqi savdo aloqalarida quyidagilar kutilmoqda:
import qiladigan davlatlar bilan jun, kalavalangan jun hamda qo‘lda to‘qilgan gilamlarga import bojlarini bekor qilish to‘g‘risida muzokaralar olib borish;
O‘zbekistonda analogi ishlab chiqarilmaydigan, QQS va bojxona boji olinmaydigan, import qilinadigan texnologik uskunalar ro‘yxatini kengaytirish.
Hujjat 26.06.2020 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
14:00 / 05.01.2026
Suriyaga o‘zbek mahsulotlarini eksport qilish boshlanadi
11:30 / 05.01.2026
O‘zbekiston to‘qimachilik eksportida tayyor mahsulotlar yetakchi bo‘ldi
08:59 / 30.12.2025
O‘zbekiston 1,9 mlrd dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari eksport qildi
12:57 / 27.12.2025