Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Piramida” milliy teleseriali bugun, 25 sentabrdan boshlab efirga uzatiladi
Foto: Panorama Fox
“Mening yurtim” telekanali hamda huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda real voqealarga asoslangan “Piramida” seriali bugun, 25 sentabrdan boshlab efirga uzatiladi.
“Mening yurtim” telekanali huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda real voqealarga asoslangan “Piramida” serialini taqdim etmoqda. Telekanal mazkur serialni davlat budjeti hisobidan emas, o‘z mablag‘lari hamda homiylar mablag‘lari hisobidan suratga olgan.

“Piramida” — kriminal, detektiv janrda olingan o‘zbek milliy seriali bo‘lib, uch fasldan iborat. Birinchi fasl 21 ta qism bo‘lib, har bir qismning xronometraji 45 daqiqani o‘z ichiga oladi.

Serial “Mening yurtim” telekanali va “Panorama Fox” studiyasi bilan hamkorlikda tasvirga olingan. Serialda moliyaviy firibgarlikning ayanchli oqibatlari haqida hikoya qilinadi. Voqealar oson pul topish yo‘lini tanlagan Abbos va uning sheriklari atrofida kechadi. Ular tuzgan moliyaviy piramida minglab odamlarning ishonchiga kirib, o‘z domiga tortadi. Natijada esa aldanganlar bor-budlaridan ayrilib qolishgacha boradi.

Serialda mansabdor shaxslarning korrupsiyaga yo‘l qo‘yayotganlari ham ochib beriladi. Albatta, qing‘ir ishning qiyig‘i qirq yilda ham chiqadi, deganlaridek, “piramida”chilarning firibgarliklari ham suv yuziga qalqib chiqadi. Tomiri chuqur ildiz otib ketgan firibgarlar guruhini fosh qilish ham oson kechmaydi. Huquq-tartibot idoralari tomonidan maxsus reja asosan ish ko‘riladi.


Umuman olganda serial orqali aholining huquqiy va moliyaviy savodxonligini oshirish, ogohlikka chorlash g‘oyasi yotadi. Firibgarlarning yolg‘onlariga ishonib, tez va oson mo‘may daromad topish ketish yo‘llariga uchmasdan, balki halol mehnat qilish orqali o‘z davlatini ziyoda qilish yo‘llari ko‘rsatib beriladi. Zero, tekin pishloq faqat qopqonda bo‘ladi.


Islom Hamro ssenariysi asosida tasvirga olingan serialga Zuhriddin Rustamov rejissyorlik qilgan. Prodyuser Umid Soatov boshchiligidagi 12 nafardan iborat ijodiy jamoa 8 oy davomida loyiha atrofida hamjihatlikda ishlashdi.
“Piramida” seriali 25 sentabrdan “Mening yurtim” telekanalida soat 21:30 da namoyish etiladi.
Mavzuga oid
21:33 / 02.08.2020
«Piramidalarni o‘zga sayyoraliklar qurgan» – Ilon Maskning tviti muhokamalarga sabab bo‘ldi
00:13 / 08.10.2019
O‘zbekistonda Hollivud aktyorlari ishtirokida tarixiy serial suratga olinadi
23:45 / 29.08.2018
Muhimi - tomoshabinga xiyonat qilmaslik
10:09 / 04.05.2018