Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bahodir Jalolov havaskordan professional boksga o‘tganini e’lon qildi
Foto: Getty Images
Parij-2024 boks bahslarining so‘nggi final uchrashuvi Bahodir Jalolov va ispaniyalik Ayub Gadfa o‘rtasida bo‘lib o‘tgach, o‘zbekistonlik bokschi muhim qarorini rasman e’lon qildi.
Bahodir Jalolov ikki karra Olimpiada chempioni bo‘lgach, havaskor boksdan professionalga o‘tganini ma’lum qildi. U Olimpiadadagi so‘nggi jangidan keyin libosini yechib, ringda qoldirdi.
«InshaAlloh, profi boksda ham mutlaq jahon chempioni bo‘laman va barchaning ishonchini oqlayman», - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir so‘nggi uchta Olimpiada – Rio-2016, Tokio-2020 va Parij-2024da ishtirok etib, Yaponiya va Fransiyadagi turnirda ikki karra Olimpiya O‘yinlari g‘olibiga aylandi. U shuningdek, ikki karra jahon chempioni sanaladi.
Ma’lumot uchun, Yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston boks jamoasi 5 ta oltin medal qo‘lga kiritib, ushbu sport turida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.
Mavzuga oid
10:10 / 07.10.2025
Bahodir Jalolov professional boksdagi navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi
16:32 / 13.06.2025
Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi
08:07 / 06.04.2025
Bahodir Jalolov ukrainalik raqibni mag‘lub etdi
12:39 / 06.02.2025