Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil» energetika koridori to‘g‘risida shartnoma imzoladi
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarboyjon magistral elektr tarmoqlari operatorlari «yashil» energiya koridori loyihasini amalga oshirish uchun qo‘shma korxona tashkil etdi.
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarboyjon Yevropaga «yashil energetika yo‘lagi»ni yaratish loyihasi doirasida ta’sis shartnomasini imzoladi.

Energetika vazirligi xabar berishicha, shartnoma uch mamlakatning magistral elektr tarmoqlari operatorlari — Ozarboyjonning Azerenerji, Qozog‘istonning KEGOC va «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» tomonidan video-aloqa doirasida imzolandi.
Hujjat uch davlat prezidentlari tomonidan 13 noyabr kuni imzolangan bitimni amalga oshirish, shuningdek, Yevropa Ittifoqining «Yashil bitim» (2050 yilga qadar issiqxona gazlari va atrof-muhitning umumiy ifloslanishini nolga tushirish rejasiga erishish) kabi yangi tashabbuslarni hisobga olgan holda elektr energiyasi savdosi imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Tomonlar loyihani amalga oshirish uchun Bokuda qo‘shma korxona tashkil etishga kelishib oldi. Maslahatchi vazifasini Italiyaning CESI kompaniyasi bajaradi va loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqadi.
Mavzuga oid
10:55 / 21.11.2025
Cobalt uchun olingan har beshta shartnomaning faqat bittasiga to‘lov amalga oshirilgan
18:15 / 16.09.2025
2027 yildan uy-joy oldi-sotdisi onlayn tarzda tasdiqlanadi
13:11 / 01.08.2025
O‘zbekiston yana bir xalqaro shartnomaga qo‘shildi
10:06 / 19.07.2025