Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzum Market ustun mavqega ega deb topildi
Raqobat qo‘mitasi Uzum Market’ni elektron savdo maydonchalari bozorida ustun mavqega ega deb e’tirof etdi.
Foto: Telegram / uzum_pressoffice
Raqobat qo‘mitasi Uzum Market onlayn do‘koni ustun mavqega ega deb topilganini e’lon qildi.
Ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 1 maydagi tegishli qarori ilovasi bilan tasdiqlangan Raqamli platforma operatorining ustun mavqeyini va ustun muzokara kuchini e’tirof etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda raqamli platforma operatorini ustun mavqega ega deb e’tirof etishning mezonlari belgilangan.
Ushbu qarorga muvofiq, Raqobat qo‘mitasining tegishli buyrug‘i bilan elektron savdo maydonchalari (marketpleyslar) bozorida «UZUM MARKET» MChJ ustun mavqega ega raqamli platforma operatori sifatida e’tirof etildi.
Ma’lumot uchun, ustun mavqe bu – tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi sub’yektning yoxud shaxslar guruhining raqobatlashuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga bog‘liq bo‘lmagan holda unga o‘z faoliyatini amalga oshirish va raqobatning holatiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatish, tegishli bozorga boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning kirishini qiyinlashtirish yoxud ularning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan holat.
Mavzuga oid
16:04 / 01.12.2025
Iste’molchi murojaatlari uchun yangi onlayn platforma ishga tushirildi
13:33 / 27.11.2025
Xorazmda tibbiyot birlashmalari 160 ming iste’molchidan asossiz mablag‘ olgani aniqlandi
14:14 / 24.11.2025
Raqobat qo‘mitasi «pulli parkovka» bo‘yicha o‘rganish boshladi
12:43 / 21.11.2025