Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Amir Temur tavalludi munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi
Bugun, 9 aprel kuni Amir Temur tavalludiga 681 yil to‘lgan kunda Toshkent shahridagi Amir Temur xiyobonida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda parlament a'zolari, vazirlik va idoralar vakillari, yozuvchi va shoirlar, olimlar, talaba-yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi raisi Nozim Habibullayev, tarix fanlari doktori Shohista O‘ljayeva, publitsist Baxtiyor Haydarov va boshqalar Amir Temur o‘z vaqtida Osiyo va Yevropada ro‘y bergan tarixiy o‘zgarishlarga hal qiluvchi ta'sir ko‘rsatib, dunyo sivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk bunyodkor bo‘lganini ta'kidladi.
Yevrosiyo hududida ulkan saltanat barpo qilgan Amir Temur shaxsi va faoliyatiga qiziqish xalqaro maydonda tobora ortib bormoqda. U haqda sharq va g‘arb tillarida 1,5 mingdan ortiq asar bitilgan. Bugun dunyoning qariyb 50 mamlakatida temurshunos olimlar ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari o‘zbek va ingliz tillarida amerikalik mashhur shoir Edgar Allan Poning «Buyuk Temur» dostonidan parcha o‘qidi. Talabalar Amir Temur va temuriylar davridagi liboslarni namoyish qildi.

Buyuk Sohibqiron haykali poyiga gullar qo‘yildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov ishtirok etdi.
Shu kuni Temuriylar tarixi davlat muzeyida «Amir Temur davrida bog‘ yaratish san'ati» deb nomlangan ko‘rgazma ochildi.
Bunday tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatda bo‘lib o‘tmoqda.
Mavzuga oid
07:40 / 21.08.2025
Eron hukmdorlarining temuriylarga tegishli bo‘lgan qilichlari aniqlandi
16:17 / 23.05.2025
Netflix Amir Temur haqidagi filmni suratga oldi
14:12 / 19.04.2025
Ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtiriladi
08:35 / 22.02.2025