Sport | 22:29 / 22.09.2016
9482
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropada ilk marta rasmiy o‘yinda videotakror asosida hakam futbolchini chetlatdi

Niderlandiya kubogi doirasida Amsterdamning «Ayaks» va Tilburgning «Villem II» jamoalari uchrashuvida videotakrordan foydalanildi. Bu Yevropada bu texnologiyadan foydalanilgan ilk rasmiy o‘yin bo‘ldi.

Uchrashuv «Ayaks» hisobiga 2:0 bo‘lib turganida «Villem II» futbolchisi Anuar Kali qo‘pollik uchun sariq kartochka oldi. Lekin videotakrorlarga javobgar bo‘lgan maxsus hakam bosh hakam Danni Makkeliga signal berib, bu harakat uchun qizil kartochka berilishi lozimligini bildirdi va hakam bu qarorni qabul qildi.

Kali maydondan chetlatilgach, «Villem II» yana 3ta gol o‘tkazib yubordi.

Videotakrordan foydalaniladigan ikkinchi uchrashuv ham Niderlandiya kubogi doirasida, «Feyyenoord» va «Oss» jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Mavzuga oid