Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari birinchi marta 50 mlrd dollardan oshdi
2025 yilning 1 sentabr holatiga O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 50,08 mlrd dollarga yetdi. Bu – tarixiy rekord ko‘rsatkichdir. Zaxiralarning keskin oshishi jahon bozorida oltin narxlarining qimmatlashishi fonida yuz beryapti.
Foto: Getty Images
2025 yil 1 sentabr holatiga, O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 50,08 mlrd dollarni tashkil qildi. Zaxiralar qiymati o‘tgan oyga nisbatan 1,34 mlrd dollarga ko‘p. Bu haqda Markaziy bank taqdim qilgan hisobotda keltirilgan.
Avgust oyi davomida zaxiralarning valuta qismi 49 mln dollarga qisqargan bo‘lsa, oltin qismi 1,38 mlrd dollarga oshib 40 mlrd dollargacha ko‘paygan.
Zaxiralar tarkibida oltinning fizik hajmi ham 11,7 mln troya unsiyadan 11,8 mln troya unsiyaga oshgan.
Jahon bozorida oltin narxlarining oshib borishi fonida yil boshidan beri O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari sezilarli darajada ko‘paydi. 1 sentabr holatiga qayd etilgan 50 mlrd 87 mln dollarlik zaxiralar – mamlakat uchun tarixiy rekord ko‘rsatkichdir.
Bundan tashqari, Markaziy bank tomonidan xarid qilingan qimmatli qog‘ozlarning qiymati o‘tgan oyda biroz oshib, 1 mlrd 16 mln dollarga yetgan.
Oltin narxining yil boshidan beri keskin ko‘tarilishi global bozorlar bilan bevosita bog‘liq. Fevral–may oylarida jahon miqyosida geosiyosiy tangliklar va AQSh federal rezerv siyosati tufayli oltin keskin qimmatlashdi.
Iyulda esa qisqa muddatli pasayish kuzatildi. Avgust–sentabrda narx yana tiklanib, bu davrda 3,4 foiz o‘sish qayd etildi. Tahlilchilar fikricha, bunday tendensiya mavsumiy talab (ayniqsa Osiyo bozorida kuzgi to‘y mavsumi) va global iqtisodiy noaniqliklar bilan izohlanadi. 5 sentabr kuni oltin narxi tarixda birinchi marta 1 unsiya uchun 3 570 dollardan oshdi.
Mavzuga oid
23:04 / 30.01.2026
Geosiyosiy beqarorlik, Tramp va dollar. Oltin bilan nimalar bo‘lyapti?
11:11 / 29.01.2026
O‘zbekistonda 5 grammli oltin quymasining narxi 10,8 million so‘mdan oshdi
12:01 / 26.01.2026
Oltin narxi tarixda birinchi marta unsiya uchun 5000 dollardan oshdi
11:23 / 26.01.2026