O‘zbekiston | 09:24 / 19.09.2022
13639
2 daqiqa o‘qiladi

Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari to‘g‘risida ma’lumot berildi

Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk obektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk obekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

Foto: Shutterstock

“Davlat xizmatlari yangiliklari” kanalida yozilishicha, ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun davlat xizmatlari markaziga yoki YaIDXP ro‘yxatdan o‘tadi.

Ko‘chmas mulk obektlari turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

ko‘chmas mulk obektlari noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha - 5 ish kunigacha;

  • umumiy maydoni 100 kvadrat metrdan 1000 kvadrat metrgacha - 7 ish kunigacha;
  • umumiy maydoni 1000 kvadrat metrdan 5000 kvadrat metrgacha - 10 ish kunigacha;
  • umumiy maydoni 5000 kvadrat metrdan 15000 kvadrat metrgacha - 15 ish kunigacha;
  • umumiy maydoni 15000 kvadrat metrdan 50000 kvadrat metrgacha - 20 ish kunigacha;
  • umumiy maydoni 50000 kvadrat metrdan ortiq - 25 ish kunigacha.

Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi. Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari hukumat 186-son qarori bilan belgilanadi.

Mavzuga oid