Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda bozorlarga antiqa sabab bilan kameralar o‘rnatilyapti
Poytaxt bozorlaridagi arzonlashtirilgan yarmarkalarning barchasida kuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda. Hokimlik buni rastalarda belgilab qo‘yilgan narxdan qimmatga sotish holatlariga qarshi kurashish maqsadi bilan izohladi.
Sun’iy surat: Toshkent shahar hokimligi
Toshkentda arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkalarida narxlarni nazorat qilish uchun kameralar o‘rnatilmoqda, deya xabar berdi shahar hokimligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, hokimlik va prokuratura departamenti tashabbusi bilan iste’mol mahsulotlarini arzonlashtirilgan narxlarda taqdim etish maqsadida poytaxt bozorlarida maxsus savdo yarmarkalari yo‘lga qo‘yilgan.
“So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ushbu yarmarkalardagi ayrim rastalarda ko‘rsatilgan narxlardan farqli narxlarda savdo qilish holatlari kuzatilayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Bu esa aholining e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Shu boisdan, arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkalarida shaffoflikni ta’minlash, narxlarni nazorat qilish va sun’iy oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida [...] mazkur rastalarda kuzatuv kameralari o‘rnatilishi boshlandi”, – deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda Mirobod dehqon bozori va “Eski Juva” (Chorsu) bozorida kuzatuv kameralarini o‘rnatish ishlari yakunlangan.
Bu boradagi ishlar davom etmoqda va tez orada poytaxtning barcha yirik bozorlaridagi arzonlashtirilgan mahsulotlar yarmarkalarida kuzatuv kameralari o‘rnatiladi.
Mavzuga oid
14:47
Svetoforlar “aqlli” tizimga ulanadi: transport oqimiga qarab avtomatik moslashadi
08:41
Toshkentda 115-sonli avtobus yo‘nalishi yangilandi
09:34 / 04.12.2025
Toshkentda yo‘llarni ifloslagan yuk mashinalari bo‘yicha reydlar kuchaytirildi
18:21 / 03.12.2025