Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaqin kunlarda Rossiyaga boradiganlar diqqatiga muhim xabar
Rossiya Federatsiyasi prezidentining «Rossiyada futbol bo‘yicha 2018 yilgi jahon chempionati va 2017 yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogini o‘tkazish davrida kuchaytirilgan xavfsizlik choralarini qo‘llash xususiyatlari to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq ushbu tadbirlar o‘tkaziladigan vaqtda chet el fuqarolarini migratsion hisobga (ro‘yxatga) olish tartibi o‘zgartiriladi.
Farmonga ko‘ra Rossiyaning 4 shahri – Moskva, Sankt-Peterburg, Sochi va Qozonda 2017 yilning 1 iyunidan 12 iyuligacha, shuningdek, 2018 yilning 25 mayidan 25 iyuligacha Moskva, Sankt-Peterburg, Volgograd, Yekaterinburg, Qozon, Kaliningrad, Nijniy Novgorod, Rostov, Samara, Saransk va Sochida chet el fuqarolarini migratsion hisobga qo‘yish muddati Rossiyaga kelgan kunidan boshlab bir sutkagacha qisqartirildi.
«Vaqtinchalik bo‘lib turish (vaqtinchalik yoki doimiy yashash) uchun kelgan chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni bo‘lib turish joyida hisobga qo‘yish yoki yashash joyida ro‘yxatga olish ularning bo‘lib turish joyiga yoki yashash joyiga yetib kelgan kunidan boshlab bir sutka ichida Rossiya Federatsiyasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan hujjatlarni qabul qiluvchi tomon yoki bevosita chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan taqdim etilgach, Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining tegishli hududiy organi tomonidan amalga oshiriladi», - deb yozilgan hujjatda.
«O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mazkur o‘zgarishlarni albatta hisobga olishlari shart. Zero o‘z vaqtida migratsion hisobga qo‘ymaslik ma'muriy tartiblarni buzganlik deb baholanishi va keyinchalik Rossiya hududiga kirishga cheklov qo‘yilishiga olib kelishi mumkin» - deya ogohlantiradi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
Mavzuga oid
17:47 / 01.11.2025
O‘zbekistonlik qahramon: Sochidagi yong‘inda haydovchi yigit ona-bolaning hayotini qutqarib qoldi
17:47 / 03.08.2025
Rossiya Xersondagi ko‘prikka zarba berdi. Sochida esa ukrain dronlari hujumidan keyin neft baza yonib ketdi
11:32 / 01.07.2022
Putin Indoneziya prezidentiga u ilk bor Rossiyaga kelganini aytdi. Lekin ular olti yil avval Sochida uchrashishgandi
15:17 / 11.06.2022