O‘zbekiston | 17:28 / 05.10.2018
10016
2 daqiqa o‘qiladi

KUN.UZ korrektorlarni ishga taklif qiladi

KUN.UZ tahririyati korrektor (musahhih)larni ishga taklif qiladi. Vazifa — saytga chiqarilayotgan xabar va materiallarning orfografik, punktuatsiya va stilistik xatolarini to‘g‘rilab, e'lon qilish uchun tayyorlab berishdan iborat.

Ish uch smenada tashkil etiladi.

I smena: Soat 07:00 dan 16:30 gacha. (Ish kunlari: dushanba – juma, haftasiga 40 soat. 13:00 – 14:00 oralig‘i — tushlik uchun ajratiladi). Toshkent shahrida joylashgan tahririyatga kelib ishlash talab etiladi.

II smena: 16:30 dan 01:30 gacha (Ish kunlari: dushanba – juma, haftasiga 40 soat. Soat 20:00 – 21:00 oralig‘i kechki ovqatlanish uchun vaqt ajratiladi). Masofadan turib ishlash mumkin.

III smena: shanba va yakshanba kunlari soat 08:00 dan 24:00 gacha. Haftasiga 30 soat. O‘rindoshlik asosida ishlayotganlar ham taklif etiladi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  • o‘zbek tilini mukammal bilish;
  • yosh: 25dan 50 gacha;
  • ish tajribasi: kamida 3 yil nashriyot, matbuot yoki jurnalistika sohasida;
  • kompyuterda ishlay olish ko‘nikmasi;
  • turli vaziyatlarga moslashuvchan va ishga nisbatan intizomli bo‘lish.

Talabgorlar oliy o‘quv yurtlarini ta'limning gumanitar yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan bo‘lishi kerak. Shuningdek, nomzodlarning viloyat markazida yoki unga yaqin hududda istiqomat qilishiga ham e'tibor qilinadi.

KUN.UZ ishga qabul qilinadigan nomzodlarga nimalarni taklif qiladi?

  • oylik ish haqi: 2 mln so‘m va undan yuqori.
  • ahil va inoq jamoa davrasida ishlash;
  • rasmiy mehnat shartnomasi;
  • o‘z ustida ishlash va rivojlanish uchun imkoniyatlar.

Nomzodlardan [email protected] elektron pochta manziliga kichik hajm va erkin tarzda o‘zi haqida bayon etilgan ma'lumotlar, yashash va ish joyi, telefon raqami, ish tajribasiga doir ma'lumotlarni yuborishlari so‘raladi.

Shuningdek, ma'lumotlarni +998 95 146 23 23 raqamidagi Telegram manziliga ham yuborish mumkin.

Mavzuga oid