O‘zbekiston | 22:54 / 01.08.2017
17226
3 daqiqa o‘qiladi

Prezident statistika tizimi faoliyatini takomillashtirish choralarini tasdiqladi

31 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi statistika bo‘yicha davlat qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari haqida»gi PQ-3165 sonli qarori imzolandi. Hujjat davlat rahbarining rasmiy saytida joylashtirilgan.

Hujjatga ko‘ra, davlat statistika qo‘mitasining yangi tashkiliy tuzilmasi, uning markaziy apparati (boshqaruv personali — 234 birlik) va hududlardagi bo‘linmalarining tuzilmasi tasdiqlangan, shuningdek, 2017–2021 yillardagi ishining ustuvor yo‘nalishi belgilangan.

2017–2021 yillarda statistik faoliyatni tashkillashtirish samaradorligini juz'iy oshirish, statistik axborot sifatini va uni tarqatish tizimini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ma'qullangan.

Ishda tayinlash va undan ozod qilishning quyidagi tartibi o‘rnatilgan:

- Davlat statistika qo‘mitasi raisi — Bosh vazir tavsiyasiga ko‘ra Prezident tomonidan;

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri statistika boshqarmalari boshliqlari — mos ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va poytaxt hokimi tavsiyalariga ko‘ra Davlat statistika qo‘mitasi raisi tomonidan;

- tumanlar (shaharlar) statistika bo‘limi boshliqlari — tuman (shahar) hokimlarining tavsiyalariga ko‘ra, Davlat statistika qo‘mitasi raisi ma'qullovi bilan viloyat darajasidagi boshqarma boshliqlari tomonidan.

Idora zimmasiga statistik hisobotlarni qabul qilishda statistik ma'lumotlarni chuqur tahlil qilish, ulardagi nomutanosibliklarni aniqlash va ularni xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar birgalikda tezkor barataraf etishning takomillashtirilgan tartibini joriy etish vazifasi yuklatilgan.

Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy veb saytiga bo‘lgan talablar alohida belgilab qo‘yilgan. Uni foydalanish osonligi, statistik ma'lumotlarning shaffofligi va ochiqligi yuzasidan qayta ko‘rib chiqish talab etiladi. O‘sha yerda kerakli ma'lumotlar, tahliliy materiallar, turli kesimlarda ma'lumotlar vizualizatsiyasi, foydalanuvchilar bilan «onlayn maslahatchi» rejimida tezkor muloqot o‘tkazish bo‘limi o‘rin olmog‘i kerak.

Shuningdek, statistik ma'lumotlar va mamlakatimiz haqidagi boshqa ma'lumotlarni xorijiy nashrlarda joylashtirish uchun yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan hamkorlik kengaytiriladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев

Mavzuga oid