Jahon | 08:11 / 24.01.2018
7646
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Davosda kimlar bilan uchrashishi va nimalarni muhokama qilishi ma'lum

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Shveytsariyaning Davosidagi xalqaro iqtisodiy forum davomida Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey hamda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Gerbert Makmaster xabar qilgan.

"Payshanba kuni prezident Buyuk Britaniya bosh vaziri (Tereza) Mey bilan uchrashib, Suriyadagi mojaro, Eronning beqarorlashtiruvchi harakatlari, Eron yadroviy dasturi kamchiliklarini to‘g‘rilash yo‘llari va Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli hududga aylantirish bo‘yicha umumiy maqsadlarimizni muhokama qiladi", - deya aytib o‘tdi Makmaster brifingda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika yetakchisi Netanyaxu bilan uchrashuvda “AQShning Isroil oldidagi jiddiy majburiyatlari”ni tasdiqlaydi, Eron ta'siri bilan kurashish va Yaqin Sharqda tinchlikni o‘rnatish niyatida ekanini bildiradi.

Tramp juma kuni Ruanda yetakchisi bilan uchrashadi – bu davlat hozirda Afrika ittifoqi raisi sanaladi. Uchrashuvda savdo va xavfsizlik masalasi ustida gap boradi, deya aytib o‘tdi Makmaster.

Shuningdek, AQSh prezidentida Shveytsariya rahbari bilan uchrashuv rejalashtirilgan, uning davomida tomonlar sarmoyalar, innovatsiyalar va iqtisodiy o‘sishni muhokama qiladi.

Bundan tashqari, Tramp Davosga tashrifi davomida milliy xavfsizlikka oid bir necha masalalarni muhokama qiladi.

"Prezident Davosdagi vaqtdan milliy xavfsizlikka doir ba'zi masalalarni muhokama qilish uchun ham foydalanadi, jumladan, Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli hududga aylantirish, IShIDga qarshi kurash bo‘yicha bizning koalitsiyani, Eron xatti-harakatlarini...", - deya ma'lum qildi Makmaster.

Mavzuga oid