Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston ish haqi darajasi bo‘yicha dunyoda 119-o‘rinni egalladi
Mamlakatda o‘rtacha ish haqi 351 dollarni tashkil etadi. MDH davlatlari orasida O‘zbekiston 7-o‘rinda qayd etildi.
Foto: Kun.uz
CEOWORLD Magazine ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston yalpi o‘rtacha oylik ish haqi bo‘yicha dunyo reytingida 119-o‘rinni egalladi. Mamlakatda o‘rtacha ish haqi 351 dollarni tashkil etadi.
Yalpi ish haqi — bu soliqlar va boshqa ajratmalar chiqarib tashlanishidan oldingi umumiy ish haqi. Tadqiqotchilar taqqoslash oson bo‘lishi uchun reytingni AQSh dollarida hisoblagan.
O‘zbekiston yalpi ish haqi darajasi bo‘yicha MDH davlatlari orasida 7-o‘rinni egalladi. Eng yuqori ko‘rsatkich Rossiyada qayd etildi - $2159. Undan keyingi o‘rinlarni Qozog‘iston ($673), Turkmaniston ($654), Belarus ($621), Armaniston ($541), Moldova ($508) va Ozarboyjon ($494) egalladi.
O‘zbekistondan quyida Qirg‘iziston ($228) va Tojikiston ($169) joy olgan.
Dunyodagi eng yuqori ish haqi, reytingga ko‘ra, Shveytsariyada kuzatilgan - $8100. Birinchi uchlikka Lyuksemburg ($6633) va AQSh ($6455) kirdi. Eng past maosh Lesoto ($24), Angola ($27) va Malavida ($31) qayd etildi.
Mavzuga oid
17:42 / 18.12.2025
O‘zbek migrantlari: ularning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rni qay darajada katta?
12:54 / 10.12.2025
Paxta va g‘alla fermerlari uchun reyting joriy etiladi
11:30 / 10.12.2025
Yangilangan prognoz: O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,5 foizga o‘sishi mumkin
07:52 / 09.12.2025