Jahon | 16:34 / 22.05.2021
8642
2 daqiqa o‘qiladi

Dior egasi va Amazon asoschisi dunyoning eng badavlat kishilari ro‘yxatida birinchi o‘rinni bo‘lishib olishdi

22 may kuni Arnoning boyligi 800 mln dollarga ko‘paydi, Bezosning boyligi esa 2,3 mlrd dollarga kamaydi. Endilikda har ikkisining boyligi 186 mlrd dollardan bo‘lib turibdi.

Louis Vuitton va Dior brendlariga egalik qiluvchi LVMH holdingi egasi Bernar Arno dunyoning eng boy insonlari reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarildi, deb xabar berdi Forbes.

Shuningdek, Amazon asoschisi Jyeff Bezos ham birinchi o‘rinda qayd etilgan.

22 may kuni Arnoning boyligi 800 mln dollarga ko‘paydi, Bezosning boyligi esa 2,3 mlrd dollarga kamaydi. Endilikda har ikkisining boyligi 186 mlrd dollardan bo‘lib turibdi.

Nyu-Yorkdagi savdolar yopilishi arafasida Arno qisqa vaqtga Bezosdan 100 mln dollarga boyroq bo‘ldi va birinchi o‘rinda yolg‘iz o‘zi turdi, deb yozadi Forbes USA. Arno 2019 yil dekabrda ham yolg‘iz o‘zi birinchi o‘ringa ko‘tarilgandi. O‘shandan buyon har ikki milliarderning boyligi 76 mlrd dollarga ko‘paydi.

Aprel boshidagi reytingda Bezos 177 mlrd dollar bilan yetakchi bo‘lgan, Arno esa 150 mlrd dollar bilan uchinchi o‘rindan joy olgandi. Ikkinchi o‘ringa 151 mlrd dollar boylik bilan Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask joylashgandi. U hozir uchinchi o‘ringa tushdi (147,3 mlrd dollar).

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров

Mavzuga oid