Jahon | 14:28 / 08.08.2017
7535
1 daqiqa o‘qiladi

Checheniston Rossiyaning nisbatan eng kam jinoyat sodir etiladigan hududi ekani ma'lum bo‘ldi

Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasining joriy yilning birinchi yarim yilligi uchun taqdim etgan hisobotga ko‘ra, Chechenistondagi jinoyatchilik holatlari mamlakatning barcha hududlariga nisbatan eng kam miqdorda sodir qilingan. O‘tgan olti oy davomida eng ko‘p jinoyat Moskva shahrida kuzatilgan, ya'ni butun federatsiya bo‘ylab sayilgoh, park va ko‘chalarda aniqlangan jinoyatlarning 51,7 foizi aynan poytaxtda yuz bergan.

Ikkinchi o‘rinni esa Rossiyaning madaniy markazi - Sankt-Peterburg egallab turibdi. Rossiyadagi eng tinch hudud qatorida Checheniston yetakchi bo‘lib, uning ortidan Dog‘iston, Adigeya va Chukotka nomlari qayd keltirilgan.

Rossiyada eng keng tarqalgan jinoyat turlari - o‘g‘rilik, zo‘ravonlik, giyohvand moddalar savdosi, qotillik va bezorilikdir.

Mavzuga oid