Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chirchiq daryosi qirg‘oqlaridagi noqonuniy qurilgan inshootlar buziladi
Yaqin kunlarda Chirchiq daryosi qirg‘og‘idagi noqonuniy qurilgan inshootlar o‘rganiladi. Bu haqida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O‘ktam O‘tayevning so‘zlariga asoslanib, "Kun.uz" muxbiri ma'lum qildi.
Berilgan ma'lumotga ko‘ra, yaqin orada Chirchiq daryosi qirg‘oqlaridagi inshootlar holati tahlili bilan shug‘ullanuvchi maxsus komissiya tuziladi. Bugunga kelib Chirchiq qirg‘og‘ida taxminan 200 ta noqonuniy qurilish aniqlangan. Batafsil tahlildan keyin mazkur ro‘yxat to‘ldirilib, Toshkent viloyati hokimiyatiga topshiriladi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, noqonuniy ravishda qurilgan binolar, shubhasiz, buziladi. Biroq yana shunday uylar ham borki, zarur ruxsatga ega bo‘lsa-da, hozirda sel xavfsizligi zonasida joylashgan - ular buzilmaydi, qayta ta'mirdan chiqarilib mustahkamlanadi.
Chirchiq daryosi qirg‘oqlarining katta qismi bugungi kunda Chimyon-Chorvoq kurort zonasiga kiradi va u yerda noqonuniy qurilgan inshootlar ham talaygina. U yerdagi dala hovlilaridan ba'zilarining atrofi shaxsiy sohilga ega bo‘lish maqsadida to‘siqlar bilan bekitilgan. Bu esa qolgan fuqarolarning suvga chiqishiga to‘sqinlik qiladi.
Mavzuga oid
08:21 / 26.12.2025
“Navoiy” bojxona postida 2,3 kg “mefedron” kontrabandasi to‘xtatildi
09:48 / 18.12.2025
Toshkent viloyatida qo‘lbola pirotexnika vositalari aniqlandi
12:59 / 10.12.2025
Video: Piskentda ko‘plab daraxtlar kesilib, yashil hudud yo‘q qilingani aytilmoqda
11:59 / 09.12.2025