Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Mening maktabim» doirasida loyiha kiritish bosqichi boshlandi
15–24 dekabr kunlari 5-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan har bir o‘quvchi o‘zi ta’lim olayotgan umumta’lim maktabiga doir loyihalarni ilgari surishi hamda ushbu loyihalarga ovoz berishi mumkin.
Foto: Kun.uz
15 dekabrdan 2025/2026-o‘quv yili doirasida «Mening maktabim» loyihasining 2-bosqichi boshlandi, deb xabar berdi Iqtisodiyot va moliya vazirligi.
Qayd qilinishicha, 15–24 dekabr kunlari loyihalar shakllantiriladi.
O‘quvchilar «Ochiq budjet» portali orqali quyidagi usullardan foydalangan holda o‘z loyihalarini ilgari surishi mumkin:
- avtomatik tarzda — loyiha namunalari orasidan o‘ziga yoqqan loyihani tanlash orqali;
- mustaqil ravishda — taqdim etilgan loyiha namunalari orasida mavjud bo‘lmagan loyihalarni yangidan shakllantirish orqali.
«Mening maktabim» loyihasida 5-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan har bir o‘quvchi o‘zi ta’lim olayotgan umumta’lim maktabiga doir loyihalarni ilgari surishi hamda ushbu loyihalarga ovoz berishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, 25 dekabrdan 10 yanvargacha loyihalar saralab olinadi. 11–20 yanvar kunlari ovoz berish jarayoni o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
10:44 / 27.12.2025
Qirg‘izistonda o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining oyligi 2 baravar oshiriladi
21:54 / 25.12.2025
Putin Rossiyada avtomat-odamlar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikni talab qildi
15:26 / 18.12.2025
Akkreditatsiya to‘lovlari qaytarilmaydi: ta’lim tashkilotlari uchun yangi qoidalar
20:15 / 16.12.2025