Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida yo‘l infratuzilmasini tartibga keltirish rejalari ko‘rib chiqildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Avtotransport vositlarini ro‘yxatga olish va diagnostika markaziga tashrif chog‘ida prezident Shavkat Mirziyoyevga Toshkent shahridagi gavjum chorrahalar va ko‘chalarni tartibga solish, bu orqali tirbandliklarni bartaraf etishga oid loyiha taqdimot qilindi.
Loyiha o‘z oldiga uchta asosiy vazifa qo‘ygan - piyodalar xavfsizligi va qulayligi, jamoat transportiga ustuvorlik, o‘tkazish qobiliyatini oshirish va yo‘l transport hodisalari sonini kamaytirish.
Mazkur loyiha sinov tariqasida Toshkent shahridagi ikkita yirik chorrahada — Bobur va Furqat ko‘chalari kesishmasida hamda Bog‘ishamol va Toshkent avtomobil halqa yo‘li kesishuvida amalga oshirildi.
Piyodalar uchun chorrahalarda «xavfsizlik orolchalari» bunyod etildi, piyodalar o‘tish joyida svetoforni boshqarish uskunalari o‘rnatildi. Jamoat transporti bekatlari yo‘lovchilar uchun tushib chiqishga qulay tarzda qayta loyihalashtirildi.
Shuningdek, chorrahalarga davomiyligi oqimga qarab moslashadigan intellektual svetoforlar tizimi tashkil etildi.

Bu kabi loyihalar natijasida chorrahalarning o‘tkazish qobiliyati sezilarli darajada oshib, tirbandliklar kamayadi, jamoat transporti yanada samarali bo‘ladi.
Prezident bu ishlarni kengaytirish, «shahar – piyodalar uchun» tamoyilini to‘liq ro‘yobga chiqarish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Mavzuga oid
19:09 / 16.02.2026
Toshkentda bir oyda avtobusda chiptasiz yurgan 11,5 ming yo‘lovchi jarimaga tortildi
15:06 / 14.02.2026
Toshkentda qanday qilib yo‘lkirada pul tejash mumkin?
11:51 / 31.01.2026
Germaniyada jamoat transportida ish tashlashlar kutilmoqda
20:18 / 15.01.2026