Texnologiya | 15:54 / 24.04.2017
24133
1 daqiqa o‘qiladi

iPhone 8'ning ilk real suratlari paydo bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda iPhone 8 smartfonining maketi suratlari paydo bo‘ldi. Ularni o‘z Twitter'ida joylagan manbaning so‘zlariga ko‘ra, Foxconn zavodi ularning haqiqiy ekanini tasdiqlagan. Bu paytga kelib, iPhone 7 narxlari ancha pasaydi. 

Ta'kidlash joizki, manba muayyan darajada ishonchni qozonib ulgurgan - bu dizayner Benjamin Geskinning yangi qurilmalar haqidagi birinchi ma'lumotlari hamda suratlari emas. 

Suratlarga ko‘ra, Apple'ning yangi flagmani ramkasiz displey, ikki kameraga ega bo‘ladi. Uning dizayni esa - iPhone 3GS uslubida. Displeyning yuqori qismida ham, pastki qismida ham ramka yo‘q - barcha datchiklar, shu jumladan barmoq izlari skaneri ham ekran ostiga yashiringan.

Ushbu suratlar bundan avval tarqalgan chizgilar va renderlarni to‘liq tasdiqlaydi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid