Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident: “Bu zavodlarni qurishimizdan maqsad – gazimiz o‘z xalqimiz manfaati uchun xizmat qilsin”
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Uzbekistan GTL” zavodini qurishdan maqsad respublika aholisining gaz ta’minotini yaxshilash ekanligini aytdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatidagi “Uzbekistan GTL” zavodi bilan tanishmoqda.
“Geologiyaga 1.4 trln mablag‘ ajratdik, kelajakda buni ikki karra ko‘paytiramiz. Geologiyaga e’tibor bermagan davlatning iqtisodi rivojlanmaydi.
Hozir Amerika, Kanada, Rossiyadan hamkorlarimiz topildi. Ular bilan innovatsiyalarni yo‘lga qo‘yishda hamkorlik qilishimiz, ularning tajribasini o‘rganishimiz kerak. Ular bizdan 25 yil oldinda.
Mutaxassislarimiz borib o‘rganishi va keyin o‘zimizda tatbiq qilishimiz kerak. Bu zavodlarni qurishimizdan maqsad – gazimiz o‘z xalqimiz manfaati uchun xizmat qilsin”, dedi prezident.
Shuningdek, davlat rahbari “O‘zbekneftgaz” boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev hamda Davlat geologiya qo‘mitasi rahbari Bobur Islomovlarga sohani rivojlantirish uchun yetarli tajriba va bilimga ega mutaxassislar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriq berdi.
Mavzuga oid
14:04 / 26.08.2025
Iordaniya podshohi O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi
20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi
07:50 / 27.12.2024
O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi
20:15 / 26.12.2024