Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV Pavel Durovni Rossiyaning eng boy odami deb atadi
Foto: Getty Images
Telegram asoschisi Pavel Durovga messenjerning 5-10 foizi uchun 30 mlrd dollar taklif qilingan. Bundan kelib chiqilsa, Durov Rossiyaning eng boy odami hisoblanadi. Bu haqda ikkita manbaga tayanib The Bell nashri xabar berdi.
Durov bu ko‘rsatkich bilan Forbes talqini bo‘yicha hozirda Rossiyaning eng boy odami bo‘lgan Vladimir Potaninni ancha ortda qoldiradi. “Nornikel” egasining boyligi hozirda 19,7 mlrd dollarga baholanmoqda.
Biroq Durov bunday “mo‘may” taklifga qaramay, messenjerdagi ulushini sotishdan bosh tortgan. Sarmoyachilar Telegram’ni Rossiyaning eng boy kompaniyalaridan biri sifatida baholashmoqda. Jumladan, u “Yandeks” (bozor qiymati 22 mlrd dollar), Rossiyaning eng yirik oltin qazib oluvchisi “Polyus” (27,3 mlrd dollar) va “Surgutneftegaz”dan (21,9 mlrd dollar) qimmatroq turadi. Vaholanki, 2017 yilda messenjer 3-5 mlrd dollarga baholangan.
Nashrning ta'kidlashicha, Durov Telegram’ni “VKontakte”ni va 2 ming bitkoinni sotishdan olgan mablag‘lari hisobiga moliyalashtiradi.
Avvalroq Durov Telegram foydalanuvchilari soni 3 kun ichida 25 mlnga ko‘payib, jami 500 mlndan oshganini ma'lum qilgandi. Messenjer AQSh prezidenti Donald Trampning Twitter’dagi sahifasi bloklanib, uning tarafdorlari qo‘llagan Parler ijtimoiy tarmog‘i App Store va Google Play’dan o‘chirib tashlangandan keyin ommalasha boshlagan.
Mavzuga oid
13:51 / 07.01.2026
FT: Rossiyada Telegram’ning 500 mln dollarlik obligatsiyalari muzlatib qo‘yilgan
13:34 / 02.01.2026
Telegram orqali giyohvandlik savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
08:58 / 30.12.2025
RF sudi Telegram va WhatsApp’ni cheklashga qarshi da’voni rad etdi
19:43 / 24.12.2025