Jamiyat | 17:00 / 20.03.2025
3062
1 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Abdulla Avloniy nomidagi MTI va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘zaro hamkorlik memorandumi imzoladi

Joriy yilning 14 mart kuni Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (TSMRI) va Abdulla Avloniy nomidagi Milliy tadqiqot instituti o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad respublika maktab direktorlari uchun TSMRIning mahalliy va xorijiy professorlari tomonidan Singapur metodikasi asosida boshqaruv kompetensiyalarini shakllantirish bo‘yicha mahorat darslari va trening kurslari tashkil etiladi.

Shuningdek, tomonlarning uslubiy va ilmiy sohalarda tajriba almashishi va birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishi hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating: Telegram | Instagram | Facebook

Reklama xuquqi asosida

Mavzuga oid