Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: 2 yoshli amerikalik bolakay o‘z egizagini qutqardi
Ikki yoshli egizak aka-ukalar Broudi va Brok Shoff o‘z xonalarida o‘yin o‘ynayotib, komodni ag‘darib yuborishdi. Mebel egizaklardan birining ustiga tushdi, buni ko‘rgan ikkinchi bolakay esa unga yordam berishga shoshildi. "Layf" nashri ushbu video bilan bo‘lishdi.
Bolalar o‘ynayotgan paytda ona uyda bo‘lgan, biroq komodning qulaganini eshitmagan. Ma'lum bir vaqt o‘tgach, u bolalarning xonasiga kirib, komodning yerda ag‘darilib yotgani, bolalarning esa sog‘-omonligini ko‘rgan.
Egizaklarning otasi kichik bolakaylarning ota-onalarini ogohlantirish maqsadida ushbu videoni Facebook'ga joylashtirdi.
"Iltimos, barcha komodlar devorga mahkamlanganiga ishonch hosil qiling", - deb yozadi Riki Shoff.
Egizaklarning videosi YouTube'da yarim million marta ko‘rilgan.
Mavzuga oid
16:05 / 08.12.2025
To‘qqiz qizli Jasur - to‘rt egiz tug‘ilgan xonadondan reportaj
12:39 / 18.11.2025
Toshkentda qutqaruvchilar beton plitasi ostida qolgan fuqaro hayotini saqlab qoldi
19:05 / 21.10.2025
Vikipediya o‘quvchilari soni kamaymoqda: bunga sabab – sun’iy intellekt va qisqa videolar
12:34 / 29.09.2025