Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston sudi ijtimoiy tarmoqlarda shakkoklik qilganlik uchun ilk o‘lim jazosi tayinladi
Foto: Getty Images
Pokiston sudi Taymor Razo ismli erkakni shakkoklikda ayblab, uni o‘lim jazosiga mahkum qildi. Bu haqda prokuror Shafir Qurashiy ma'lum qildi.
Baxavalpur shahrida yashovchi erkak Facebook ijtimoiy tarmog‘ida tasodifiy foydalanuvchi bilan din borasida bahslashib ketgan. Keyinroq aniqlanishicha, Razo bilan bahsga kirgan foydalanuvchi terrorchilikka qarshi departament xodimi bo‘lib chiqqan.
Oqibatda Razo shakkoklikda aybdor deb topilgan. Reuters axborot agentligining ma'lum qilishicha, Pokiston sudi ijtimoiy tarmoqlarda shakkoklik qilganlik uchun birinchi marta o‘lim jazosi tayinladi.
Mavzuga oid
14:34 / 20.01.2026
Karachi porti orqali O‘zbekiston mahsulotlari tranziti oshiriladi
20:57 / 03.01.2026
O‘zbekiston va Pokiston huquqni muhofaza qilish sohasida hamkorlikni kengaytiradi
01:00 / 21.12.2025
Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon va uning rafiqasi yana 17 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
10:55 / 13.12.2025