Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yuk avtomobillari harakati uchun cheklovlar o‘rnatiladi
Toshkent shahar ko‘chalaridagi tirbandlikning oldini olish va yuk transport vositalari harakatini aniq belgilash orqali poytaxt ko‘chalaridagi transport vositalari harakatini yaxshilash maqsad qilingan.
Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahar ko‘chalaridagi tirbandlikning oldini olish maqsadida transport vositalari harakatini tartibga solish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Toshkent shahar ko‘chalaridagi tirbandlikning oldini olish maqsadida, poytaxt hududida N1 toifali (yuk tashish uchun mo‘ljallangan, eng katta vazni 3,5 t.dan oshmaydigan) avtotransport vositalaridan yuqori transport vositalari harakati tig‘iz vaqtlarda, ya'ni ertalabki soat 07:00dan 10:00ga qadar, kechki soat 17:00dan 20:00ga qadar foydalanish cheklanishi mumkin.
Favqulodda va shunga o‘xshash kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rilishi talab etiladigan hollarda qonun va qonunosti hujjatlari bilan belgilangan imtiyozli maxsus transport vositalarining harakatlanishi bundan mustasno.
Toshkent shahrining markaziy ko‘chalarida harakat xavfsizligini ta'minlash va transport vositalari qatnovini tartibga solish maqsadida markaziy ko‘chalar bo‘ylab tirkamali aravalar (ot yoki boshqa hayvonlarga qo‘shib tortiladigan yoki odam kuchi bilan harakatga keltiriladigan dvigatel bilan jihozlanmagan, yuk tashishga mo‘ljallangan qurilma)ning harakati cheklanadi.
Toshkent shahar IIBB YHXB, Toshkent shahar transport boshqarmasi, Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi va tegishli mutasaddi tashkilotlar Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 26 dekabrdagi 342-son qarori bilan tasdiqlangan Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishda harakat xavfsizligini ta'minlash qoidalarining 2-ilovasida belgilangan katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarga ega avtomobil transportlarining yuk tashishda Toshkent shahrida harakatlanishi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatadi.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026