Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonada o‘zbek milliy taomlari festivali bo‘lib o‘tdi
Ostonada o‘zbek milliy taomlarining gastronomik festivali bo‘lib o‘tdi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi Milliy PR-markazi vakillari KUN.UZ'ga shu haqida xabar berdi.
Tadbir O‘zbekiston oshpazlar uyushmasidan maxsus taklif qilingan oshpazlarning mahorat darslari bilan boshlandi. Palov, somsa, tandir nonlari, qaynoq sho‘rva - festival mehmonlari nafaqat milliy taomlarimiz, balki bu taomlarni tayyorlash jarayonlari bilan ham yaqindan tanishishga muyassar bo‘lishdi.
Ko‘rgazma tashkilotchilari Toshkentning eng qadimiy bozorlaridan biri - "Chorsu" muhitini yaratishdi. Festival shahar ma'muriyati yonidagi maydonda bo‘lib o‘tdi.
Yorqin rangdagi milliy kiyimlar, xushbo‘y hidli ziravorlar, mevalar va shirinliklar tadbirga o‘zbekona shukuh berdi.
Tadbir dasturidan nafaqat milliy taomlar degustatsiyasi va mahorat darslari, balki ko‘rgazma mehmonlari uchun qiziqarli tanlovlar o‘rin oldi. Sharq bozori va mukofotlar o‘ynaluvchi o‘yinlar tashkil etildi. Mukofot tariqasida maishiy texnika va kundalikda kerak bo‘luvchi buyumlar topshirildi.
Kontsert dasturi festivalga yanada quvnoq ruh bag‘ishladi. O‘zbek va qozoq qo‘shiqlari sahnada jarang sochdi.
Festival Qozog‘istonda O‘zbekiston turizmi yili doirasida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qoshidagi Milliy PR-markazi, Qozog‘iston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va KazakhTourism kompaniyasi tomonidan tashkil etildi.
Qozog‘istondagi O‘zbekiston elchixonasida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillarining KazakhTourism raisi o‘rinbosarlari hamda Qozog‘iston turistik kompaniyalari vakillari bilan uchrashuvi o‘tkazildi. KazakhTourism raisi o‘rinbosari o‘zbekistonlik hamkasblariga Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan etnik ko‘rgazmalarda ishtirok etishni taklif qildi. O‘z o‘rnida O‘zbekiston vakillarining ziyorat turizmi bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, turizm yo‘nalishida qo‘shma IT-platforma tuzishga oid takliflari qozog‘istonliklarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Mavzuga oid
21:29 / 15.01.2026
2025 yil jahon turizmi tarixidagi eng yaxshi yil bo‘ldi – daromadlar €10 trln
19:23 / 15.01.2026
Prezidentga Samarqanddagi loyihalar va Buxoro bosh rejasi taqdim etildi
14:54 / 15.01.2026
21 mingdan ziyod ozarboyjonlik turistik maqsadda O‘zbekistonga kelgan
19:01 / 12.01.2026