O‘zbekiston | 10:07 / 28.08.2020
39812
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 40ta idoralararo kollegial organ tugatiladi (ro‘yxat)

Davlat-hokimiyat vakolatlarini qayta taqsimlash hamda vazirlik va idoralarning mustaqil yurituviga berish maqsad qilingan.

Prezidentning “Idoralararo kollegial organlarni yanada qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

2021 yil 1 yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan tuzilgan ayrim idoralararo kollegial organlar ro‘yxatga muvofiq ularning vakolatlari tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga o‘tkazilgan holda tugatiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan tuzilgan, 2021 yil 1 yanvardan boshlab tugatilayotgan alohida idoralararo kollegial organlar

RO‘YXATI

Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra:

kollegial organlar hududiy tegishliligiga qarab respublika va hududiy miqyosida, shakliga ko‘ra doimiy faoliyat olib boruvchi (komissiya, kengash, qo‘mita) va vaqtinchalik faoliyat olib boruvchi (ishchi guruh, ishchi komissiya va boshqalar) kollegial organlar sifatida tashkil etiladi;

kollegial organlarni tashkil etish to‘g‘risidagi hujjatlarda ularning faoliyatini tashkillashtirish va qarorlarning ijrosini nazorat qilish bo‘yicha ishchi organ belgilanadi;

doimiy faoliyat olib boruvchi kollegial organlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari bilan tasdiqlangan nizom asosida faoliyat yuritadi;

vaqtinchalik faoliyat olib boruvchi kollegial organlar faoliyatini tartibga solishda alohida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishi talab etilmaydi;

vaqtinchalik faoliyat olib boruvchi kollegial organlarni tashkil etish to‘g‘risidagi hujjatlarda uning faoliyat muddati ko‘rsatiladi;

ishchi organ qonun hujjatlariga muvofiq kollegial organlarning faoliyati to‘g‘risidagi axborotni o‘z rasmiy veb-saytida joylashtirish va yangilab borish yo‘li bilan ularning faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish chora-tadbirlarini ko‘radi.

Kollegial organlar rahbarlari mazkur organlar faoliyatini tahlil qilgan holda har yili 1 martga qadar ularni maqbullashtirish yoki tugatish bo‘yicha takliflarni Adliya vazirligiga kiritib boradi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:

a) qaror ilovasini amalga oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarning bajarilishini ta'minlaydi. Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:

tugatilayotgan idoralararo kollegial organlarning vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish va o‘rganishni tashkil etish;

o‘tkazilgan xatlov va o‘rganish natijalariga ko‘ra, tugatilayotgan idoralararo kollegial organlarning mavjud vakolatlarini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga o‘tkazishni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini tayyorlash;

davlat organlari va tashkilotlarida tugatilayotgan idoralararo kollegial organlar faoliyatini tashkil etishni ta'minlash uchun kiritilgan shtat birliklarini qayta ko‘rib chiqish, bunda shtatdagi xodimlarning mehnat huquqlariga qat'iy rioya etilishini ta'minlash;

b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan joylardagi idoralararo kollegial organlarning xatlovdan o‘tkazilishi va optimallashtirilishini ta'minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlariga tugatilayotgan idoralararo kollegial organlarning o‘tkazilayotgan vazifalari, funksiyalari va majburiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyatlari tarkibiga kiruvchi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan lozim darajada bajarilishini ta'minlash yuzasidan javobgarlik yuklatiladi.

Mavzuga oid