Light | 20:29 / 23.05.2016
64103
3 daqiqa o‘qiladi

Aqlingizni shoshirib qo‘yadigan sakkizta masala (javobi bilan)

Quvnoq topishmoq va boshqotirmalar barchaga birdek yoqadi. Quyidagi topishmoqlarning boshingizni qotirishi aniq, axir ular noodatiy javoblar o‘ylab topishga chorlaydi.

1. Uchta shifokor Robert ularning akasi ekanini aytmoqda. Robert esa uning umuman akasi yo‘qligiga ishontiryapti. Xo‘sh, ularning qay biri yolg‘on gapirdi?

To‘g‘ri javob: Hammasi oddiy: Robertning uch nafar opa-singlisi bor. Uchovi ham shifokor.

2. Hovuzda 10 ta baliq bor edi. 2 tasi cho‘kib ketdi. 4 tasi suzib ketdi. 3 tasi nobud bo‘ldi. Nechta baliq qoldi?

To‘g‘ri javob: 10 ta. Axir baliqlar hovuzni tark etmadi-ku.

3. Ikki nafar erkak shaxmat o‘ynamoqda. Ular 5 ta partiya o‘ynashdi. Har biri 3 tadan partiyada g‘olib bo‘ldi. Qanday qilib?

To‘g‘ri javob: Ular bir-biriga qarshi o‘ynamagan.

4. 1000 va 40 ni qo‘shing. Yana 1000 ni qo‘shing. Endi 30 ni qo‘shing. Yana 1000 qo‘shing. Endi 20 ni qo‘shing. Yana 1000 qo‘shing. Endi 10 ni qo‘shing.

To‘g‘ri javob: 5000 hosil bo‘ldimi? Bu noto‘g‘ri. To‘g‘ri javob – 4100.

5. Nima shahar va dalalar orqali o‘tadi, biroq hech qachon harakatlanmaydi?

To‘g‘ri javob: Yo‘l.

6. Ota va o‘g‘ilning yoshini qo‘shsa 66 hosil bo‘ladi. Otaning yoshi – o‘g‘il yoshining teskarisi. Ular necha yoshda?

To‘g‘ri javob: Bu yerda uch xil javob berish mumkin: 51 va 15, 42 va 24 hamda 60 va 6.

7. Hafta kunlarining nomi va raqamlardan foydalanmasdan beshta kunni ketma-ket aytishga harakat qilib ko‘ring.

To‘g‘ri javob: O‘tkan kun, kecha, bugun, erta, indin.

8. Besh opa-singilning har biri ish bilan band. Birinchisi kitob mutolaa qilyapti. Ikkinchisi taom tayyorlayapti. Uchinchisi shaxmat o‘ynayapti. To‘rtinchisi kir yuvyapti. Beshinchisi-chi?

To‘g‘ri javob: Shaxmat o‘ynayapti.

E`lonlar