Iqtisodiyot | 16:09 / 07.06.2021
16029
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana pasaya boshladi

Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e'lon qildi. Ushbu almashuv kurslari 8 iyundan kuchga kiradi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 15,44 so‘mga tushib, 10 532,12 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 28,69 so‘mga ko‘tarilib, 12 808,11 so‘mga teng bo‘ldi.

Rubl kursi esa 0,59 so‘mga oshgan va 1 rubl 144,64 so‘mni tashkil etgan.

Dollarning rasmiy kursi o‘tgan hafta mobaynida uzluksiz pasayib, hafta oxirida yana ko‘tarilgandi.

Dollar kursi 1 hafta oldingiga nisbatan 36,09 so‘mga (arzon) farq qilmoqda.

Mavzuga oid