Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni Ikkinchi Jahon urushidagi g‘alabaning 72 yilligi bilan tabrikladi
Foto: Kremlin.ru
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Ikkinchi Jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 72 yilligi munosabati bilan tabrik maktubi yo‘lladi. Bu haqda Kreml ma'muriyati saytida xabar qilingan.
Unda ta'kidlanishicha, 9 may qutlug‘ sana bo‘lib, butun insoniyat va Vatanni fashizm balosidan qutqarish uchun frontda hamda front ortida yelkama-yelka, bir tan-u bir jon bo‘lib kurashgan ota va bobolarimiz qahramonliklarining timsolidir.
Vladimir Putinning alohida qayd etishicha, tarixni har qanday ko‘rinishda o‘zgartirish, fashizm va natsizmning jinoiy qilmishlarini oqlashga bo‘lgan urinishlarga qarshi birgalikda kurashish – mudhish urushda halok bo‘lganlar va qatnashgan askarlar xotirasiga eng yaxshi hurmat bajo keltirish bo‘ladi.
Vladimir Putin, shuningdek, Shavkat Mirziyoyevdan urush faxriylari va front ortida mehnat qilganlarga ta'zimini yetkazib qo‘yishni so‘rab, ularga mustahkam sog‘liq, uzoq umr va farovonlik tilab qolishini bildirgan.
Mavzuga oid
19:59 / 24.02.2026
Putin Qora dengizdagi gaz quvurlarini portlatishga urinish haqida ma’lumot borligini aytdi
11:57 / 24.02.2026
Vadeful: Germaniya Putinning ortidan yalinib yugurmaydi
13:38 / 20.02.2026
Putin biznesdan tug‘ilishni oshirishda faol ishtirokni talab qildi
14:31 / 19.02.2026