Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polshada ayollar 60 yoshda pensiyaga chiqadigan bo‘ldi
Foto: Fotolia
Polsha prezidenti Anjyey Duda pensiyaga chiqish yoshini pasaytirish haqidagi o‘z qonun loyihasiga imzo chekdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda. Avvalroq, ushbu tashabbusga Seym (parlament quyi palatasi)ning 262 deputati ovoz bergandi.
Shu tariqa, 2017 yilning 1 oktabridan pensiya yoshi ayollarda 60, erkaklarda esa 65 yoshgacha pasaytiriladi.
Ma'lumot uchun, Polshada ayni damda avvalgi hukumat partiyasi “Fuqarolik platformasi” tomonidan 2014 yilda qabul qilingan normalar mavjud. Unga ko‘ra, ayollar va erkaklarda pensiyaga chiqish 67 yoshgacha ko‘tarilgandi.
Mavzuga oid
13:17 / 01.07.2025
Nogironlik pensiyasini proaktiv shaklda tayinlash tartibi belgilandi
18:38 / 30.06.2025
Raqamli g‘azna tizimi joriy etiladi
13:17 / 28.06.2025
Polsha prezidenti Duda Kiyevga keldi
12:21 / 26.06.2025