O‘zbekiston | 15:00 / 17.07.2025
2029
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Agro inVitro: ekologik ko‘chatlar yetishtiriladigan Markaziy Osiyoda yetakchi laboratoriyalardan biri

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida innovatsion yondashuvlarni joriy etish — bugungi kunda nafaqat iqtisodiy, balki ekologik barqarorlikni ta’minlashning ham asosiy shartiga aylangan. Agrobank tashabbusi bilan Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida barpo etilgan Agro inVitro majmuasi — nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda analogiga ega bo‘lmagan, yirik laboratoriya majmuasi sifatida e’tirof etilmoqda. 

Ko‘chatlar: genetik barqaror, virussiz va tayyor mahsulot sifatida

20,4 gektar maydonda joylashgan, ushbu zamonaviy kompleks qishloq xo‘jaligida samaradorlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan. Agro inVitro majmuasining eng katta yutuqlaridan biri — mikroklonal usulda ko‘paytirilgan, viruslardan xoli ko‘chatlar yetishtirilishida namoyon bo‘ladi. In vitro texnologiyasi yordamida yetishtirilgan ko‘chatlar genetik jihatdan barqaror, sovuq va qurg‘oqchilikka chidamli navlardan iborat. Eng muhimi — bunday ko‘chatlarni istalgan faslda ekish mumkin.

Pestitsidsiz, toza va serhosil mahsulot

Agro inVitro'da ko‘chatlar pestitsid va agressiv kimyoviy moddalarsiz, tabiiy biomuvozanatni saqlagan holda yetishtiriladi. Bu nafaqat ekologik tozalikni ta’minlaydi, balki tuproq unumdorligi va o‘simliklarning sog‘lom o‘sishiga xizmat qiladi.

Bu yerda ko‘chatlarni sug‘orish va oziqlantirish jarayonlari odatiy usullardan keskin farq qiladi. Azot, fosfor, kaliy, magniy, kalsiy va vitaminlar bilan boyitilgan formulalar, sterillangan suv bilan tomchilatib sug‘orish — barchasi ko‘chatning tez va sog‘lom rivojlanishiga yo‘naltirilgan.

Issiqxona va ochiq dala bosh agronomi Azamat Tursunovga ko‘ra, ko‘chatlar maxsus suvlar bilan oziqlanadi:

 “Bu O‘rta Osiyo uchun yangi bo‘lgan filtrlash sistemasi sanaladi. Dastlab, kelayotgan suv ortiqcha tuproqdan tozalaydigan filtrdan o‘tadi. Undan keyin oddiy filtrdan o‘tib ikkita 190 tonnali baklarga kelib tushadi. Bakdan chiqqan suv birdaniga o‘simlikka berilmaydi. Uning tarkibi maxsus moslamada tuzlardan tozalanadi. Eng qizig‘i, suv ultrabinafsha nurlar bilan tuzdan tozalanadi. Ya’ni inson ichadigan suv ham bu darajada tozalanmaydi”.

Tajriba natijalari: tezroq ildiz, erta hosil, yuqori sifat

Bugungi kunda laboratoriyada uzum, gilos, shaftoli, nektarin, o‘rik, limon, yong‘oq va anor kabi daraxtlarning o‘nlab navlari yetishtirilmoqda. Katalogda jami 137 turdagi ko‘chatlar mavjud. Ular nafaqat mahalliy bozor, balki eksport uchun ham tayyorlanmoqda.

Invitro sharoitida yetishtirilgan ko‘chatlar mahalliy sharoitdagi ko‘chatlardan bozorgir va sifatli meva berishi bilan ajralib turadi. Hozirgi kunda aholi xonadonlaridan va intensiv usulda yetishtiradigan bog‘dorchilik xo‘jaliklaridan buyurtmalarimiz bor. Agro inVitro laboratoriyalarida tayyorlangan ko‘chatlar mahalliy muhitga tez moslashadi. Yil 12 oy bu ko‘chatlarni ekish mumkin. Tabiiy muhitda yetishtirilgan meva bilan bir xil ta’m va mazaga ega bo‘ladi. Eksportbop, tayyor mahsulot holatida beramiz. Ko‘chat yetishtirishda biz Italiyaning Battistini Vivai va Vitroplant kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yganmiz. 3 yillik hamkorlik davomida bizning xodimlarimiz Italiyada malaka oshiryapti, u yerdagi tajribali mutaxassislar kelib xodimlarimizni o‘qityapti, malakasini oshirishyapti, eng oxirgi Yevropa tajribalarini qo‘llagan holda ko‘chat yetishtirish bilan shug‘ullanyapmiz. Salohiyat jihatidan bizning kompleks O‘rta Osiyoda 1-o‘rinda turadi. Issiqxona loyihamiz dunyoda 5-o‘rinda barpo qilingan kompleks hisoblanadi” – deydi Agro inVitro korxonasi rahbari Ozodbek Saydiyev.

Tajriba maydonlarida olib borilgan kuzatuvlarga ko‘ra, Agro inVitro ko‘chatlari:

  • odatiy ko‘chatlarga nisbatan tezroq ildiz otadi,
  • erta hosil beradi,
  • va meva sifati jihatidan yuqori natijalar ko‘rsatgan.

Agrobank tashabbusi: qishloq xo‘jaligida innovatsion yondashuv

Mazkur laboratoriya majmuasi Agrobank tashabbusi bilan tashkil etilgan.

Bu bankning faqat moliyalashtirish emas, balki amaliy agro-texnologik yechimlarni amalga tatbiq etishga intilgan yangi strategiyasini namoyon qiladi.

Agar Agro inVitro kabi loyihalar respublikaning boshqa hududlarida ham kengaytirilsa:

  • mahalliy ko‘chatlarga bog‘liqlik oshadi,
  • importga bog‘liqlik kamayadi,
  • hamda o‘zbek ko‘chatlari va mevalari tashqi bozorlarga eksportbop mahsulot sifatida chiqishi mumkin.

Agro inVitro — bu oddiy ko‘chat yetishtirish emas, balki O‘zbekiston qishloq xo‘jaligiga texnologik yondashuv. Mazkur loyiha nafaqat tadbirkorlar, balki umumiy milliy agrar siyosat uchun ham strategik ahamiyat kasb etadi.