O‘zbekiston | 15:59 / 24.04.2022
34595
2 daqiqa o‘qiladi

UzAvto 1 maygacha navbatlarni tugatishi kerak edi – kompaniyaning bunga qurbi yetadimi?

Prezident UzAuto Motors’ga 1 maygacha navbatlarni tugatish topshirig‘ini bergan. Bir haftada kompaniya yil oxirigacha cho‘zilgan navbatlarni tugata oladimi? Pulini to‘lab mashinasini poylayotgan fuqarolar soni 60 mingdan ziyod.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

14 fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev 1 mayga qadar avtomobil xarididagi navbatlarni to‘liq bartaraf etish borasida topshiriq bergandi. Bir haftadan keyin bu muhlat tugaydi, eng xaridorgir avtomobillar uchun navbatlar esa hali ham yarim yilga cho‘zilmoqda.

Rasmiy statistika o‘tgan 3 oyda 65 ming 26 ta avtomobil ishlab chiqarilganini ko‘rsatmoqda. O‘tgan yilning shu davrida esa UzAuto Motors 44 ming 400 dona avtomobil ishlab chiqargan. Ishlab chiqarish o‘tgan yilga qaraganda 68 foizga o‘sganiga qaramay, hamon pandemiyadan oldingi davr ko‘rsatkichiga chiqilgani yo‘q. 2020 yil birinchi choragida 75 ming 600 ta avtomobil ishlab chiqarilgan va bu 2022 yildagiga qaraganda 10 mingtaga ko‘p.

Uzavtosavdo_bot ma’lumotlariga tayanilsa, 23 aprel holatiga ko‘ra, 50 foiz puli oldindan to‘lab qo‘yilgan va ishlab chiqarilishi kutilayotgan avtomobillar soni 63 ming 62 tani tashkil etmoqda.

Bulardan:

  • Cobalt uchun – 16 593
  • Lacetti uchun – 38 408
  • Traverse uchun – 92
  • Tahoe-2 uchun – 52
  • Damas-2 uchun – 7917 ta buyurtma berib qo‘yilgan.
  • Nexia-3 va aksar o‘zbekistonliklar uchun narxi qimmat bo‘lgan Malibu-2, Equinox, Trailbazer avtomobillari uchun esa navbatlar yo‘q.

22 aprel kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida UzAuto mas’uli Kun.uz’ning navbatlar borasidagi savoliga javob bermadi.

Kompaniya matbuot xizmati rahbarining sayt muxbiriga ma’lum qilishicha, hozirda Gentra navbatlar masalasida eng muammoli avtomobil bo‘lmoqda. «Cobalt juda tez chiqyapti. Gentra eng muammoli, negadir hamma Gentra xohlayapti», dedi u.

UzAuto mas’uli navbatlarni bartaraf etish haqidagi savolga aniq javob bermadi.

Hozirda Gentra avtomobili uchun dekabr oyi oxiriga, Cobalt uchun oktyabr oyi oxiriga, Damas uchun esa avgust oyi oxiriga shartnomalar tuzilmoqda.

Mavzuga oid