Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlovchi mutaxassis faoliyat ko‘rsatadi - Prezident farmoni
Foto: O‘zA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi va uning hududiy bo‘linmalari rahbarlari, eng avvalo, quyidagilar uchun shaxsan javobgar etib belgilanmoqda:
- joylarda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarni o‘z vaqtida aniqlash, ular bilan yakka tartibda hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni olib borish, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash;
- xotin-qizlarning bandligini ta'minlash, ular o‘rtasida oilaviy va xususiy tadbirkorlikni, hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy choralarni amalga oshirish;
- huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasini samarali tashkil etish, shu jumladan, ularning huquqiy madaniyatini oshirish va ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash;
Farmon matniga ko‘ra, 2018 yil 1 apreldan fuqarolar yig‘inlarining diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi o‘rniga tegishli shtat birliklarini tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitalari tuzilmasiga o‘tkazgan hamda mahalliy byudjyet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibini saqlagan holda xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Bunday mutaxassislar har bir mahallada bittadan, oilalar soni 2000 tadan ko‘p bo‘lgan mahallalarda ikkitadan joriy etiladi.
Mavzuga oid
08:38 / 25.12.2025
Ijtimoiy xavfli ahvoldagi bolalar belgilangan ta’lim muassasasiga imtihonsiz qabul qilinadi
08:53 / 24.12.2025
Pasport nazoratida bojxonaga xabardor qilish tartibi joriy etiladi
08:48 / 24.12.2025
Sertifikatlashda yengillik: 2026 yildan ayrim majburiy talablar bekor qilinadi
11:48 / 25.11.2025